Bum! Lukaku Italiyaning boshqa jamoasiga o'tmoqda

Mirjalol Normatov
24 avg 2024
"Chelsi" hujumchisi Romelu Lukaku Italiya futboliga qaytmoqda.

Belgiyalik futbolchi yaqin vaqtlar ichida "Napoli" bilan shartnoma imzolaydi. Transfer summasi 35+5 mln evroga baholanmoqda.

Bu futbolchining Italiyadagi uchinchi jamoasi bo'ladi. Bunga qadar u "Inter" va "Roma"da harakat qilgan.

Ayni damda "Napoli"ni "Inter"dagi sobiq ustozi Antonio Konte boshqarmoqda.

Lukaku o'tgan mavsumni ijara asosida "Roma"da o'tkazdi va 33 o'yinda 12 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano