

Bugun "Sho'rtan" klubi sobiq futbolchisi, ayni paytda murabbiylar shtabida faoliyat olib borayotgan Botir Qodirqulov 35 yoshga to'ldi. Bundan tashqari O'zbekiston terma jamoasi sobiq himoyachisi va "Buxoro" a'zosi Sahob Jo'raev 29 yoshga qadam qo'ydi.
Biz saytimizning barcha xodimlari va muxlislari nomidan bugun o'z tug'ilgan kunini nishonlayotganlarni tabriklab qolamiz.

