Bugungi o'yinlarni Sport TVda kimlar sharhlashi ma'lum
Tolibjon Qosimov
12 may 2018, 15:47
Bugun Superligada 11-tur uchrashuvlariga yakun yasaladi. Har ikkala bahs ham Sport telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etiladi.
18:30da start oladigan "So'g'diyona" - "Bunyodkor" uchrashuvini Abdulla Nurmonov sharhlaydi. 20:30da boshlanadigan "Navbahor" - "Qizilqum" o'yinini esa Namangan TV muxbiri Elyor Abduvohidov sharhlab boradi.