Bugun U-19 Osiyo chempionatiga qur'a tashlanadi, O'zbekiston 1-savatchada

Narzulla Saydullayev
30 apr 2016
Bugun Bahrayn poytaxti Manama shahrida yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.
Jamoalar o'tgan Osiyo chempionatida qayd etgan natijasiga qarab savatchalarga ajratib chiqilgan. Mezbon Bahrayn avtomatik tarzda 1-savatchadan o'rin olgan. O'zbekiston 2014 yilgi qita birinchiligida yarim finalga chiqqani uchun dastlabki savatchaga kiritilgan.

1-savatcha: Bahrayn, Qatar, KXDR, O'zbekiston
2-savatcha: Yaponiya, Tailand, BAA, Xitoy
3-savatcha: Avstraliya, Iroq, Janubiy Koreya, Yaman
4-savatcha: Eron, Vetnam, Saudiya Arabistoni, Tojikiston

Bugungi marosim Manama vaqti bilan soat 19:00da (Toshkentda 21:00) boshlanadi.

Bahrayndagi Osiyo chempionati 13-30 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi. Qita birinchiligida yarim finalga chiqqan to'rt jamoa 2017 yil Janubiy Koreyada bo'lib o'tadigan U-20 Jahon chempionatida qatnashadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia