Bugun O'zbekiston Belgiya bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
29 avg 2017, 12:25
Dilshod Nuraliev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Polshada "Syrenka Cup" musobaqasida ishtirokini boshlaydi.

O'smirlarimiz ilk uchrashuvni Belgiyaga qarshi bugun o'tkazishadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanadi. Guruhdagi ikkinchi o'yin Polsha va Vengriya o'rtasida kechadi.

Dilshod Nuraliev ushbu musobaqaga quyidagi futbolchilarni olib ketgan:

Darvozabonlar: Mo'minmirzo Qodirov, Shukron Yo'ldoshev;
Himoyachilar: Miraziz Saidov, Xurshid Ubaydullaev, Doniyor Sobirov, Jasur Abdulbekov, Rustamxon Azimov, Xojimat Erkinov, Shoxjahon Sultonmurodov, Javohir Jo'raev, Xushnudbek Bozorov
Yarim himoyachilar: Mironshox Sattarov, Temur Mamasiddiqov, Jasur Jaloliddinov, Sunnatillo Hamidjonov, Alisher Odilov, Diyor Ramazonov, Bekzod Shamsiev;
Hujumchilar: Igor Chikrizov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev.

Mazkur musobaqa O'zbekiston o'smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia