Bugun "Old Trafford"da o'yin bo'ladi. Ammo futbol emas

Aslanov Jasurbek
7 okt 2017, 15:49
Bugun, 7 oktyabr kuni 75 ming kishi sig'adigan "Old Trafford" stadioni muxlislar bilan to'ladi.

Sky Sport nashrining xabar berishicha, Manchestyerdagi arenada bugun futbol uchrashuvi o'tmaydi. Regbi bo'yicha Angliya Super ligasi yetakchilari Kastlford Taygers va Lids Rinos "Old Trafford" stadionida grand finalda to'qnash kelishadi. Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu bahs uchun barcha chiptalar sotib bo'lingan. Maydonga regbining maxsus darvozalari ham o'rnatib bo'lingan.


Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 17:00da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia