Bugun "Neftchi" va "Qo'qon-1912" jamoalari qaysi liboslarda o'ynashi ma'lum

Tolibjon Qosimov
17 avg 2018, 12:41
Farg'onadagi "Istiqlol" o'yingohida Superliga 22-tur doirasidagi "Neftchi" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan oldingi yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda bugungi uchrashuv komissari Jahongir Rahmatullaev va har ikki jamoa vakillari ishtirok etishdi. Bu haqda qo'qonliklar matbuot xizmati xabar berdi.

Yig'ilishda o'yindagi tashkiliy masalalar ko'rib chiqildi. Bugun bo'ladigan uchrashuvda jamoalar qanday rangdagi liboslarda maydonga tushishlari borasida ham kelishib olindi.



Unga ko'ra, bugungi bahsda "Neftchi" oq, "Qo'qon-1912" jamoasi havorang liboslarda maydonga tushadigan bo'lishdi. Farg'onaliklar darvozaboni ko'k rangli formada, qo'qonliklar kiperi esa qizil qora rangli libosda harakat qiladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати