Bugun MYU, "Chelsi" va "Bavariya" yangi murabbiy qo'l ostidagi birinchi uchrashuvni o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2016, 16:03
Bugun "Manchester Yunayted"ning Joze Mourinyo qo'l ostidagi ilk uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Mavsumlar oralig'ida yangi bosh murabbiyga ega bo'lgan "Bavariya", "Chelsi" ham bir necha soatdan so'ng ilk nazorat uchrashuvini o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, Joze Mourinyo "Manchester Yunayted", Karlo Anchelotti "Bavariya" va Antonio Konte "Chelsi" ustoziga aylandi.

16 iyul. "Uigan" - "Manchester Yunayted" 17:30

16 iyul. "Lippshtad" - "Bavariya" 20:00

16 iyul. "Rapid" - "Chelsi" 21:00

Barcha uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia