
Ushbu arenada "Manchester Yunayted" va "Barselona" afsonalari kurash olib borishadi va ushbu bahs terroristik hujumlardan jabr ko'rganlarga bag'ishlanadi. Formalarga futbolchilarning ismi emas, hujum uyushtirilgan shaharlar nomi yoziladi.
"Manchester Yunayted" afsonalari: Van der Sar, Braun, Dublin, Jonsen, Silvestr, Park Ji Sun, Poborski, Blomkvist, Saxa, van Nistelrooy, York.
"Barselona" afsonalari: Angoy, Beletti, Edmilson, Dexu, Abidal, Davids, Sergi, Mendieta, Simao, Klyuyvert, Goyko.
Ushbu jamoalar o'rtasidagi bahs bugun 18:30da boshlanadi.