Bugun katta futbol! "Lokomotiv" - "Navbahor"

Narzulla Saydullayev
3 avg 2016, 14:08
Bugun "Lokomotiv" oliy liganing ikkinchi davra o'yinlarini boshlaydi. "Temiryo'lchilar" TTYMI stadionida "Navbahor"ga qarshi bahs olib borishadi.

Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Turnir jadvalidagi o'rni: "Lokomotiv" 1-o'rinda (39-ochko), "Navbahor" 13-o'rinda (14 ochko)
Ochkolar orasidagi farq - 25 ochko.

Tarif: Chempionlik uchun kurashayotgan va oliy ligada qolish uchun harakat qilayotgan jamoalar bahsi. "Navbahor" bu o'yinni yangi bosh murabbiy Ravshan Bozorov boshchiligida o'tkazadi. TTYMI stadionida kechadigan bahs qiziqarli o'tishi kutilmoqda.

Fakt: "Lokomotiv" o'z maydonida o'tkazgan ettita o'yindan oltitasida g'alaba qozongan. Jamoa bir marta durang o'ynab, hali mag'lub bo'lmagan. To'plar nisbati 17-2. "Navbahor" esa safarda bo'lib o'tgan oltita bellashuvning barchasida imkoniyatni boy bergan. To'plar nisbati 4-12.

Fakt: Namangan shahrida kechgan birinchi davra uchrashuvida "Lokomotiv" 3:2 hisobida g'alaba qozongan.
Oliy liga. 1-tur.
Navbahor – Lokomotiv – 2:3.
Gollar:
A. Pishur (24, penalti), M. Mamazulunov (88) – S. Mirzaev (50, 56), S. Shoahmedov (68).  

Eslatma: Kecha bo'lib o'tgan yoshlar ligasi bahsida 0:0 hisobi qayd etildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia