Bugun Kapadze shogirdlari Qatarga qarshi bahs olib boradi

Khoja
23 mar 2024, 08:20
Xabaringiz bor, O'zbekiston OTJ Qatarda navbatdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib bormoqda.

Bugun Timur Kapadze shogirdlari Qatar Olimpiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:30 da Abdulloh bin Xalifa stadionida start oladi.


Eslatib o'tamiz, Parij olimpiadasiga yo'llanma beruvchi U-23 Osiyo kubogi shu yilning 15 aprelidan 3 may sanasiga qadar aynan Qatar mamlakatida bo'lib o'tadi. O'zbekiston U-23 terma jamoasi "D" guruhida Vetnam, Kuvayt hamda Malayziyaga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia