Bugun futbol. "So'g'diyona" - "Paxtakor"

Xayrulla Xoliqov
6 avg 2022
Bugun Superligada 11-turning qoldirilgan uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Jizzaxdagi markaziy stadionda "So'g'diyona" va "Paxtakor" o'zaro bahs olib boradi. Bu o'yinga qanday tarif berish mumkin? Turnir jadvalining yuqori o'rinlarida borayotgan jamoalar to'qnashuvi, bir xil ochko to'plagan jamoalar qarama-qarshiligi, chempionlik uchun kurashayotgan jamoalar o'yini va hokazo. 

Turnir jadvalida har ikki jamoa bir xil 26 ochkodan to'plab, ketma-ket o'rinlarni egallab turibdi. "Paxtakor" 13 uchrashuvning 7tasida g'alaba qozonib, 5 bor durang o'ynagan va bir marta mag'lub bo'ldi. To'plar nisbati 19-9.

"So'g'diyona" hisobida esa 13 uchrashuvdan so'ng 8 g'alaba, 2 durang va 3ta mag'lubiyat bor bo'lib, to'plar nisbati 21-13. 

Bu jizzaxliklarning uydagi 8-uchrashuvi bo'ladi. "So'g'diyona" shu paytgacha uyda o'tkazilgan 7ta o'yindan to'rttasida zafar quchib, bir marta durang qayd etgan va ikki uchrashuvda mag'lub bo'lgan.  

"So'g'diyona" uyda:

"Dinamo" - g'alaba, 1:0

"Olimpik" - durang, 1:1

"Metallurg" - g'alaba, 2:0 

"Nasaf" - mag'lubiyat, 1:2

"Qo'qon-1912" - g'alaba, 3:0

"Qizilqum" - mag'lubiyat, 0:3

"Bunyodkor" - g'alaba, 2:0

Bilasizmi? "So'g'diyona" oxirgi uch turda ikki bor g'alaba qozonib, bitta o'yinda imkoniyatni boy berdi. 


"Paxtakor" haqida to'xtaladigan bo'lsak, bugun "sherlar" safardagi 8-bahsda maydonga tushadi. Jamoa bungacha 7ta o'yinning 4tasida g'alaba qozonib, 3 bor durang qayd etgan. "Paxtakor" safarda hali mag'lub bo'lgani yo'q. 

"Paxtakor" safarda:

"Dinamo" - g'alaba, 2:0

"Olimpik" - durang, 1:1

"Metallurg" - g'alaba, 2:0

"Nasaf" - durang, 0:0

"Qo'qon-1912" - durang, 1:1

"Lokomotiv" - g'alaba, 2:0

"Qizilqum" - g'alaba, 2:0

Fakt: "Paxtakor" safardagi oxirgi ikkita g'alabasini bir xil 2:0 hisobi bilan yakunlagan.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia