Bugun "Farg'ona viloyati hokimi kubogi-2023" start oladi (+taqvim)

Eldor Akmurzayev
25 yanv 2023, 09:15
Xabaringiz bor, qishki tanaffuslar vaqtida Farg'onada "Hokim kubogi" ananaviy xalqaro futbol musobaqasi o'tkazib kelinadi.

Bugun mazkur musobaqaning guruh bosqich o'yinlari start oladi.

Guruhlar bilan tanishing:

"A" guruhi: "Neftchi" (U-21), Andijon (U-21), "Zomin", "Lokomotiv".

"V" guruhi: "Qo'qon-1912", "Navbahor-farm", "Cementchi", "Andijon SGS”.

“D” guruhi: "Turon" (U-21), "FarDU", "Navbahor" (U-21), “Xo'jand" (Tojikiston).

Guruh bosqich o'yinlari Farg'ona shahridagi "To'qimachi" va Quvasoy shahridagi "Cementchi" stadionlarida bo'lib o'tadi.

Bugun bo'lib o'tadigan uchrashuvlar taqvimi:

"Hokim kubogi-2023"

Guruh bosqichi.

25.01.2023.

"A" guruhi. 1-tur.

11:00. "To'qimachi" stadioni. "Neftchi" (U-21) - “Lokomotiv".

14:00. "To'qimachi" stadioni. "Andijon" (U-21) - “Zomin".

"V" guruhi. 1-tur.

11:00. "Cementchi" stadioni. "Qo'qon-1912" - “Andijon SGS”

14:00. "Cementchi" stadioni. “Navbahor-farm" - "Cementchi"

Ma'lumot uchun, musobaqaning amaldagi sohibi "Qo'qon-1912" klubi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia