
YCHL 1/4 finaliga yo'l olgan jamoalar bilan tanishib oling:
"Bavariya" (Germaniya),
"Borussiya" (Dortmund, Germaniya),
"Atletiko" (Ispaniya),
"Barselona" (Ispaniya),
"Real" (Madrid, Ispaniya),
"Pari Sen-Jermen" (Fransiya),
"Manchester Yunayted" (Angliya),
"Chelsi" (Angliya) .
Chorak finalda savatchalar bo'lmaydi, yani istalgan jamoa istalgan jamoaga qarshi tushib qolishi mumkin. Chempionlar ligasigaqur'a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.
Chorak finalning birinchi o'yinlari 1-2 aprel kunlari, javob bahslari esa 8-9 aprel kunlari bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, musobaqaning bu yilgi finali 24 may kuni Lissabondagi "Eshtadiu du Benfika" stadionida bo'lib o'tadi.
Toshkent vaqti bilan soat 17:00da esa Yevropa ligasining chorak finaliga qur'a tashlash marosimi boshlanadi.
1/4 finaliga yo'l olgan jamoalar:
"Benfika" (Portugaliya),
"Portu" (Portugaliya),
"Yuventus" (Italiya),
"Valensiya" (Ispaniya),
"Sevilya" (Ispaniya),
"Lion" (Fransiya),
"Bazel" (Shveytsariya),
"AZ Alkmaar" (Gollandiya).
Chorak finalda savatchalar bo'lmaydi, yani istalgan jamoa istalgan jamoaga qarshi tushib qolishi mumkin. Yevropa ligasiga qur'a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.
Chorak finalning birinchi o'yinlari 3 aprel kunlari, javob bahslari esa 10 aprel kunlari bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, musobaqaning bu yilgi finali 14 may kuni Turindagi "Yuventus" stadionida bo'lib o'tadi.
Saytimiz orqali ikkala qur'a tashlash marosimini matnli translyatsiya qilamiz.