Bugun "Bunyodkor" - "Olmaliq" va "Paxtakor" - "Mashal" o'yinlari bo'ladi

Narzulla Saydullayev
8 yanv 2014, 11:44
Oliy liga klublari yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.
Bugun "Lokomotiv" va "Nasaf" klublari o'rtasida nazorat uchrashuvi bo'lib o'tishi haqida xabar berdik.

Bundan tashqari "Bunyodkor" stadioni yonidagi sun'iy maydonda "Bunyodkor" va "Olmaliq" klublari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 12:00ga belgilangan.

Soat 15:00da esa "Paxtakor" va "Mashal" o'rtasidagi bahs tashkil etiladi. Bu o'yin "Chilonzor" stadionida bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia