

"Biz uchta yetakchi futbolchimizni yo'qotdik. Italiya superkubogi esa bu uchun bizga sovg'a bo'ldi. Biz jamoani yangilab, yoshartirishimiz kerak edi. Bu kelajakni o'ylab qilingan ish. Biz bu qarorga o'tgan yili yozda kelgandik. Barcha mas'uliyatni o'z bo'ynimga olaman. Biz har doim g'alaba ruhida maydonga tushamiz. Aksincha bo'lgan taqdirda bu xato bo'lardi. Shu boisdan Italiya superkubogini ham qo'lga kiritdik. Bu o'yinda hammasi oddiy kechdi. Raqib "Lacio" bizdan ko'ra ertaroq tayyorgarlikni boshlagandi. Shu bois ular o'yinga yaxshiroq taraddud ko'rishgan. Biroq biz o'z kuchimizni to'g'ri taqsimlay oldik va kerakli pallalarda o'yin tempini ham tushirdik. Bu g'alaba biz uchun muhim edi", - deydi Buffon.



