Buffon: "Verratti hozir Italiya futbolidagi yagona haqiqiy iqtidor"

Aslanov Jasurbek
27 sen 2018, 17:11
PSJning italiyalik darvozaboni Janluiji Buffon jamoadoshi Marko Verrattini maqtadi.

"Marko - ajoyib futbolchi, ayni jamja u Italiya futbolidagi yagona haqiqiy iqtidor. Uning harakatlari, o'yinni his qilishi taqsinga sazovor. Marko bu yerda kuchli futbolchilar bilan mahoratini oshirmoqda.

U oddiy o'yinchilar bilan o'ynasa qiynaladi, chunki ular Markoni tushunishmaydi" - deydi Buffon.

Joriy mavsum Verratti Fransiya chempionatining 3ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport