Buffon joriy mavsum oxirida qaerga ketishi mumkin?

Aslanov Jasurbek
16 sen 2017, 14:27
"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon 2017/18 mavsum oxirida futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, 39 yoshli italiyalik mavsum yakunlanganidan so'ng o'z klubida, Italiya futbol federatsiyasida yoki FIFAda ish boshlashi mumkin. Agar Buffon "Yuventus" tizimida qolsa, direktorlar kengashi tarkibiga kirishi taxmin qilinmoqda. Italiya futbol federatsiyasi darvozabonga milliy jamoaga bog'liq mamuriy ishga kirishi mumkin. FIFA rahbari Janni Infantino esa Janluijini futbol rivojlanishi bo'yicha maslahatchi rolida ko'rmoqda.

Buffon faoliyatini davom ettirsa, MLSda o'ynashi mumkin. Unga "Nyu-York Siti" qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport