Buffon: "Crvena Zvezda" bizga ajoyib natija sovg'a qildi"

Tolibjon Qosimov
7 noya 2018, 19:49
PSJ darvozaboni Janluiji Buffon "Napoli"ga qarshi Chempionlar ligasi 4-turi doirasidagi o'yin (1:1) haqida gapirdi.

"Biz ajoyib o'yin o'tkazdik, tez va zich harakat qildik. Men xursandman, biz bu natijaga munosib edik. Ikkinchi bo'limda bizda muammolar bo'ldi, ammo oxirigacha kurashdik.

"Crvena Zvezda" biz va "Napoli"ga ajoyib natija sovg'a qildi. Biz uchun oxirgi o'yinda mag'lubiyatga uchramaslik muhim bo'ladi. Men ishonchni his qilyapman. Chunki, jamoamiz o'sishda davom etayotganini ko'ryapman", - deya Buffonning so'zlarini keltirdi UEFA rasmiy sayti.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com