Bu yana nimasi? PSJ Kavaniga penalti tepmaslik uchun 1 mln. evro taklif qildi

Aslanov Jasurbek
25 sen 2017, 11:11
PSJ prezidenti Nosir Al-Helayfi hujumchi Edinson Kavaniga penalti tepish huquqini Neymarga berish uchun 1 mln. evro miqdoridagi qo'shimcha bonus taklif qildi.

Kavani bu taklifni rad etdi. Edinsonning aytishicha, unga pul kerak emas, u o'zini jamoaning penaltichisi bo'lishga munosib deb hisoblaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Al-Helayfi o'z maslahatchilarini Neymarga jo'natdi. Kavani taklifni rad etsa, ular braziliyalikni penalti tepishdan voz kechishga ko'ndirishi kerak edi. Biroq Neymar bu suhbat sababini tushunmadi va ushbu muzokaralardan norozi bo'ldi.

PSJ hamda "Lion" o'rtasidagi Fransiya chempionatining 6-tur uchrashuvida Kavani va Neymar bir necha marotaba jarima zarbalari va penaltini talashib qolishdi. Yevropa OAVda braziliyalik va urugvaylik o'rtasida kiyinish xonasida janjal bo'lgani haqida e'lon qilishgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Pais