Bu qiziq! Kim buni yana uddalaydi: "Barselona" yoki "Ayaks"?

2 may 2019, 16:27
Futbol tarixida jamoalar 8 marotaba "oltin xet-trik", yani trebl qayd etishgan.

Joriy mavsum to'qqizinchi marotaba "oltin xet-trik" rasmiylashtirilishini ko'ramizmi?

Ayni paytda Yevropada faqatgina ikkita jamoada mazkur imkoniyat saqlanib qolgan. Bu jamoalar YCHL yarim finalining dastlabki o'yinlarida g'alaba qozongan "Barselona" va "Ayaks".

Qizig'i, mazkur jamoalar avval ham "oltin xet-trik" qayd etishgan. "Barselona" ikki bor treblga erishgan bo'lsa, "Ayaks" 1972 yili uchta frontda g'olib chiqqan.

Trebl qayd etgan jamoalar ro'yxati:

1966/67: "Seltik"*

1971/72: "Ayaks" 

1987/88: PSV

1998/99: "Manchester Yunayted"

2008/09: "Barselona"

2009/10: "Inter"

2012/13: "Bavariya"

2014/15: "Barselona"


Trebl qayd etish imkoniyatiga ega jamoalarning uchta frontdagi holati:

"Ayaks"

Yevropa Chempionlar ligasi: yarim final, "Tottenxem"ga qarshi (birinchi uchrashuvda mehmonda g'alaba qozondi 1:0, javob o'yini 8 may, uyda)

Gollandiya chempionati: 1-o'rin, PSV bilan teng ochko

Gollandiya Kubogi: final, "Villem" jamoasi bilan. O'yin 5 may kuni o'tkaziladi (Rottyerdam)

"Barselona"

Yevropa Chempionlar ligasi: yarim final, "Liverpul" (birinchi o'yinda yirik g'alaba 3:0, javob uchrashuvi 7 may kuni - mehmonda)

La Liga: chempion

Ispaniya Kubogi: final, "Valensiya" bilan 25 may kuni o'tkaziladi


* Liga Kubogi musobaqa ma'lum chempionatlarda o'tkaziladi. Kuchli-beshlik chempionatlari ichidan Angliyada. "Seltik" 1966/67 yilgi mavsumda Shotlandiyada chempion, kubok sohibi va liga kubogiga egalik qilgan va Yevropa chempionlar kubogida zafar quchib,  futbol tarixida "oltin poker" qayd etgan yagona jamoaga aylandi.

"Oltin xet-trik", yani trebl qayd etish uchun milliy chempionat, mamlakat kubogi va evrokubokda g'olib chiqish talab etiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia