Bu qiziq. Ispaniya kubogi finalida qaysi jamoa yutsa ham bir futbolchiga oltin medal beriladi

Narzulla Saydullayev
3 mar 2019, 13:30
25 may kuni Sevilyadagi "Benito Vilyamarin" stadionida Ispaniya kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Unda "Barselona" va "Valensiya" klublari to'qnash kelishadi.

Qizig'i bu o'yinda qaysi jamoa g'olib bo'lishidan qati nazar kolumbiyalik Jeyson Murilo oltin medalga ega bo'ladi.

Sababi himoyachi bu yilgi mavsumni "Valensiya"da boshladi va yanvar oyida "Barselona"ga ijaraga berildi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia