"Inter" va "Barselona" sobiq futbolchisi Qatar jamoasiga o'tdi

Sherzod Nurmatov
29 iyul 2023, 14:04
"Sampdoriya" himoyachisi Jeyson Murilo Qatarning "Al Shamal" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda jamoa rasmiy sayti xabar berdi.

31 yoshli kolumbiyalik bilan kelishuv 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Murilo "Granada", "Valensiya", "Inter", "Barselona" va "Selta" klublarida o'ynagan. Himoyachi o'tgan mavsum "Sampdoriya" safida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 2 marta qizil kartochka oldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: alshamal.qa