Bruno Jenezio: "Roma" bilan o'yinda Chempionlar ligasi atmosferasini yaratdik"

Tolibjon Qosimov
10 mar 2017, 11:24
"Lion" bosh murabbiyi Bruno Jenezio Yevropa ligasi 1/8 finali doirasida "Roma" ustidan qozonilgan g'alaba (4:2)dan keyin jamoani maqtadi.

"Ikkinchi bo'limdagi o'yindan rohatlandim. O'ylashimcha, bu muxlislarga ham yoqdi. Biz Chempionlar ligasi atmosferasini yarata oldik. Bu bizga yordam berdi. Birinchi bo'limda juda ko'p himoyalandik. O'tkazib yuborilgan gollar bizni g'azablantirdi. Lekin, hammasini to'g'rilashga erishdik. Keyingi bosqichga chiqishimizga qanday baholashni bilmayman. Imkoniyatlar teng. Gol o'tkazib yubormaslik oson emas. Lekin, o'zimiz raqibga muammolar tug'dirishimiz mumkin", - deydi Jenezio.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: AFP