Brendan Rojers: Balotellining goli – jahon darajasidagi gol

Narzulla Saydullayev
17 sen 2014, 09:41
Liverpul bosh murabbiyi Brendan Rojers Ludogorec ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirdi.
Besh yildan so'ng Chempionlar ligasida o'ynadik. Xarakter namoyish etib natijaga erishganimizdan xursandman. Penalti bor edi, buni Ludogorec futbolchilarining harakatlaridan ham bilib olsa bo'ladi.

Balotelli ajoyib o'ynadi. Unga jarima maydoni ichida ko'proq o'ynashini aytgandim, uning goli – jahon darajasidagi gol.

Hali o'tgan mavsumdagidek o'ynay olmayapman, lekin hali kuchaya olamiz, – deydi murabbiy.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru