

Parijliklar futbolchini 80 mln. evroga sotib olish huquqi bilan joriy mavsumning oxirga qadar ijaraga oldi.

Ikardi 2013 yili Sampdoriyadan Interga 400 ming evro evaziga transfer qilingandi. U neradzurrilardagi faoliyati davomida 219 bahsda qatnashib, 124ta gol urdi va 28ta samarali uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi.
26 yoshli argentinalik futbolchi yangi klubi tarkibida 18 raqam ostida harakat qiladi.






