Breaking: Maurisio Pochettino "Tottenxem"ni tark etdi

20 noya 2019, 00:59
Bu haqida jamoaning Twitter'dagi rasmiy sahifasi xabar berdi.

Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o'z lavozimini tark etdi. Bunga sabab klubning joriy mavsumda qayd etayotgan qoniqarsiz natijalari hisoblanadi. "Shporlar" APLning ortda qolgan 12 turidan keyin 14 ochko to'plaganlari holda musobaqa jadvalining 14-pog'onasida joylashganlar. Argentinalik mutaxassis London klubini 2014 yilda qabul qilib olgandi.

Eslatib o'tamiz, Pochettino "Tottenxem"gacha "Espanol" va "Sautgempton" klublarini boshqargan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia