Breaking: LaLiga boshlanadigan kun ham aniq!

Mirjalol Normatov
29 may 2020, 19:52
Ispaniya sport soveti mamlakat futbol federatsiyasi bilan birgalikda LaLiga restarti borasida bir qarorga keldi.

Unga ko'ra, Ispaniya chempionati 11 iyun kuni "Sevilya" - "Betis" uchrashuvi bilan start oladi. 19 iyulga qadar LaLiganing barcha o'yinlari o'ynab tugatiladi.

"Mavsum 13 va 14 iyun kunlari start oladi, birinchi o'yin 11 iyun kuni bo'lib o'tadi. So'nggi tur o'yinlari 18 va 19 iyul kunlari o'tkaziladi.

Tomonlar nima bo'lgan taqdirda ham grafikdan chekkada qolmaslikka kelishib olishdi", - deyiladi rasmiy bayonotda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca