Breaking! Asilbek Jumaevga Yevropadan qiziqish bor

Sherzod Nurmatov
5 avg 2025
Yevropa klublari "Surxon" yarim himoyachisi Asilbek Jumaevga davogarlik qilmoqda.

Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaevga ko'ra, "Surxon" futbolchisi Asilbek Jumaevni Portugaliya va Belgiya klublari kuzatmoqda. 

"Yozda bu transfer amalga oshishi qiyinroq, lekin agar o'z klubida to'liq o'ynab, yaxshi statistika qayd etaversa, qishda buning imkoni katta bo'ladi", – deyiladi xabarda.

20 yoshli futbolchi joriy mavsum termizliklar tarkibida 18 o'yinda maydonga tushib, "1+1" natijani ko'rsatdi. Transfermarkt portali uni 300 ming evroga baholagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia