Braziliyaning ikki futbolchisi Serbiyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Aziz Tukhtamuradov
24 iyun 2018, 09:21
Braziliya terma jamoasi safida JCH-2018 guruh bosqichidan o'rin olgan Serbiyaga qarshi 3-tur uchrashuvida ikkita yo'qotish bor.

Pentakampeonlar yarim himoyachisi Duglas Kosta hamda himoyachi Danilo bo'lajak o'yinda maydonga tushmaydi. Ikkala futbolchi ham jarohat orttirib olgan. 27 yoshli Kosta Kosta-Rika bilan bo'lib o'tgan o'yinda jarohat oldi. 

Danilo esa aynan mana shu uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish jarayonida, yani mashg'ulotda oyog'ini shikastlab oldi. Serbiya - Braziliya o'yini 27 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 23.00da boshlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif