Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi futbolchilik faoliyatini yakunladi

Alisher
8 okt 2019, 15:10
Braziliya terma jamoasi sobiq xavbeki Mishel Bastos faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

Bastos shu yilning senyabr oyidan buyon jamoasiz yurgan edi.

"Keyingi yil? Men o'g'lim, qizim va xotinim bilan o'ynayman. Men faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Xudo menga ko'p narsa berdi. Men 7 yoshimdan buyon futbolchi bo'ldim va 20 yil professional darajada o'ynadim. Endi esa oilamga ko'proq vaqt ajratmoqchiman", - deydi Mishel.

"Bu qiyin damlar, ammo buning vaqti keldi va aytishim mumkinki, yoshligimdagi deyarli barcha orzularim ro'yobga chiqdi".

Bastos futbolchilik faoliyati davomida "Feyenoord", "Ekselsior", "Atletiko Paranaense", "Gremio", "Figeyrense", "Lill", "Lion", "Shalke 04", "Al Ayn", "Roma", "San-Paulu", "Palmeyras" va "Sport Resife" klublari sharafini himoya qilgan.

Mishel Braziliya terma jamoasi safida 12ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Fox Sports