Braziliya terma jamoasi JCH-2018 paytida qaysi mehmonxonada yashaydi? (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
26 mar 2018, 18:07
Braziliya terma jamoasi Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionati paytida Sochida istiqomat qiladi.

Daily Mail nashri braziliyaliklar yashaydigan besh yulduzli "Swissotel Resort Sochi Kamelia" mehmonxonasining ichki qismini suratga tushirdi.


Ushbu otelda 203ta xona mavjud va ularning 20tasi lyuks


Bir kun ushbu nomerlarning birida tunab qolish 100dan 600 funtgacha tushishi mumkin.


Otelning ko'plab xonalari derazasi Qora dengizga qaragan


Mehmonxona sharoitlari uchish va o'yinlardan so'ng yaxshi dam olishga imkoniyat beradi




Eslatib o'tamiz, Braziliya terma jamoasi "E" guruhida Shveytsariya, Kosta-Rika va Serbiya bilan keyingi bosqich yo'llanmasi uchun kurashadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail