Braziliya klubi Balotellining transferi borasida Rayola bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher
20 noya 2020, 10:37
Ayni damda erkin agent maqomida yurgan italiyalik hujumchi Mario Balotelli faoliyatini Braziliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Bu haqda "Vasko da Gama" klubi sport direktori aytdi.

"Balotellini Braziliyaga taklif qildik - bu orzu emas, haqiqat. Biz anchadan buyon Mino Rayola bilan aloqadamiz, futbolchi bilan shartnoma imzolash uchun muzokaralar olib bormoqdamiz", - deydi boshqaruvchi.

Eslatib o'tamiz, Balotellining so'nggi klubi "Breshia" bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football-Italia