Braziliya 1978 yildan buyon JCHda dastlabki ikkala o'yinni yuta olmadi

Narzulla Saydullayev
18 iyun 2014, 02:58
Braziliya terma jamoasi JCH-2014 ikkinchi turida Meksikani mag'lub eta olmadi (0:0).
Shunday qilib, braziliyaliklar 1978 yildan buyon ilk bor mundialning dastlabki ikkala uchrashuvida yuta olishmadi.

1978 yildan keyin barcha mundiallarda "pentakampeonlar" dastlabki ikki uchrashuvda 6 ochkoni qo'lga kiritishayotgandi.

Eslatib o'tamiz, dastlabki bahsda Luis Felipe Skolari shogirdlari Xorvatiyani mag'lub etgandi (3:1).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru