
"Villian nimaga qodir ekanini ko'rsatib berdi va u o'sishda davom etadi. Barchamiz undan ajoyib o'yinlar kutyapmiz. O'ylashimcha birinchi gol uning uchun juda katta ahamiyatga ega edi. Aytish mumkinki, bizda ajoyib zahira o'rindig'i mavjud. Murabbiy asosiy tarkibda kimni tushirishidan qatiy nazar zahiradan bir ikki futbolchi tushib, butun o'yinni o'zgartirib yuborishlari mumkin", dedi Ivanovich.