Bozorda Sanchesga qiziqish yo'q, u MYUda qoladi

Aslanov Jasurbek
13 noya 2018, 14:45
"Manchester Yunayted" hujumchisi Aleksis Sanches mavsumning ikkinchi qismini shu klubda o'tkazadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, chililikning ingliz klubidan ketishiga ikkita narsa halaqit qiladi: Uning katta maoshi va "qizil iblislar" u bilan yanvarda xayrlashmoqchi emas. Bundan tashqari, ayni damda bozorda uni xarid qilishga tayyor bo'lgan klub yo'q. Shunga qaramasdan Sanches "Manchester Yunayted"ni tark etmoqchi, chunki u o'zini jamoada yaxshi his qilmayapti.

Oldinroq, 29 yoshli forvard PSJga o'tishga umid qilmoqda.

Sanches joriy mavsum APLning 9ta o'yinida maydonga tushib, 1ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph