“Borussiya”ning g'alabasiz seriyasi 8 ta uchrashuvga etdi

9 dek 2017, 23:02
Dortmundning “Borussiya” klubi Bundesliganing 15-turida safarda “Verder”ga (1:2) imkoniyatni boy berdi.

Shu tariqa dortmundliklarning g'alabasiz seriyasi 8 ta o'yinga etdi. Shulardan beshta bahsda ular mag'lubiyat alamini tatib ko'rishdi.

Petr Bosh boshchiligidagi jamoa 30 sentyabrdan buyon g'alaba nimaligini bilmayapti. O'shanda ular “Augusburg”ni taslim (2:1) etishgandi. Jamoa ayni paytda turnir jadvalida 7-pog'onada bormoqda va tur yakuniga ko'ra ular yanada pastga sho'ng'ishlari mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru