

Futbolchining maydondan tashqaridagi hayoti klub rahbariyati va murabbiylar shtabida bazi savollarni keltirib chiqarmoqda. Obameyyang so'nggi marotaba "Ayntraxt"ga qarshi bahsda gol urgan edi. O'sha uchrashuvdagi mag'lubiyat tufayli Tomas Tuxel shogirdlaridan norozi bo'lgan. Ammo mag'lubiyatdan so'ng, gabonlik futbolchi tungi klubga borgan.
"Aniq nima bo'lganini bilmayman, ammo buni Obameyyang bilan muhokama qilamiz" - deydi "Borussiya" sport direktori Mixael Cork.



