"Borussiya" "Yuventus" futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
1 yanv 2020, 15:55
Dortmundning "Borussiya" klubi "Yuventus" yarim himoyachisi Emre Jan bilan shartnoma imzolamoqchi.

Yaqinda "arilar" xavbeki Yulian Vaygl "Benfika"ga o'tgan edi va dortmundliklar uning o'rniga o'rinbosar qidirishmoqda.

O'z o'rnida, Janning Turin klubidagi ishlari yaxshi emas, shu sabab u jamoasini o'zgartirishga qarshi emas.

Germaniyalik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 16ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport