"Borussiya D" ustozi Angliya klublaridan birini boshqarishi mumkin

Sherzod Nurmatov
22 may 2021, 22:11
Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Edin Terzich ingliz klubida ish boshlashi mumkin.

Manbaga ko'ra, "Tottenxem", "Kristal Pelas" va "Nyukasl Yunayted" 38 yoshli germaniyalik mutaxassisga da'vogarlik qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Terzich Lyusen Favr ishdan bo'shatilgandan so'ng "Borussiya"ga ustozlik qila boshladi. Jamoa uning boshchiligida Germaniya Kubogini qo'lga kiritdi va Bundesligada uchinchi o'rinni egalladi. Dotmundliklar keyingi mavsumda Chempionlar Ligasida o'ynashadi.

Alohida aytish kerakki,, Terzich allaqachon APLda murabbiylik tajribasiga ega – 2015 yildan 2017 yilgacha u "Vest Xem"da yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. Germaniyalik shuningdek, Turkiyaning "Beshiktosh"ida ham yordamchi murabbiy bo'lib ishlagan (2013-2015).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild