"Borussiya D" navbatdagi transferni e'lon qildi

22 may 2019, 19:20
Dortmundning "Borussiya" klubi o'z tarkibini kuchaytirishda davom etadi.

Avvalroq"Borussiya Myonxengladbax"dan Torgan Azarni xarid qilgan "arilar" bir necha daqiqa oldin "Bayer" klubidan Yulian Brandtni sotib oldi. 

23 germaniyalik hujumkor yarim himoyachi dortmundliklar bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Transfer miqdori 22,1 million funtni tashkil etdi.

Joriy mavsum Yulian "Bayer" safida 33 ta o'yinda ishtirok etdi va 22 ta golli vaziyatlarda qatnashdi (7 ta gol, 15 assist).

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/BlackYellow