"Borussiya D" muxlislar tashrifi bo'yicha Yevropada peshqadam

Borussiya Dning Signal Iduna Park stadioni ushbu mavsumda Yevropada eng ko'p muxlisni qabul qilgan o'yingoh bo'ldi.

"Signal Iduna Park"da har o'yinga o'rtacha 80 424 tomoshabin tashrif buyurgan. Bu borada "Borussiya D" yetakchi.

Ikkinchi pog'onada Kamp Nou (Barselona (79 191), uchinchi o'rinda - Old Trafford (MYU) (75 335), to'rtinchi - Alyanc-Arena (Bavariya) (72 882), beshinchi - Santyago Bernabeu (Real) (72 618).


Manba: sports.ru