Borussiya D – Maync. Obameyang maydonga tushishga tayyor

Aziz Tukhtamuradov
28 yanv 2017, 19:25
Borussiya Dning gabonlik futbolchisi Per-Emerik Obameyang terma jamoadan qaytdi va klubiga yordam berishga tayyor.

Klub bosh murabbiyi Tomas Tuxelning aytishicha, 27 yoshli futbolchi mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda va "Maync"ga qarshi o'yinda maydonga tushishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, futbolchi "Borussiya" safida 20 dekabr kuni so'nggi marotaba maydonga tushgandi.

Gabon terma jamoasining Afrika millatlari kubogidagi ishtiroki sababli futbolchi klubining "Borussiya"dagi o'yinlarida ishtirok eta olmagandi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Ruhr Nachrichten