

Avvalroq xabar berganimizdek, serbiyalik murabbiy Bora Milutinovich bahsni stadiondan turib kuzatib bormoqda.
Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, Milutinovich O'FF bilan ikki oylik shartnoma tuzadi. Dekabr va yanvar oylarida murabbiy O'zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabida ish olib boradi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi yanvar oyi boshida Avstraliyada Osiyo Kubogi-2015da ishtirok etadi.



