Bolt Ronaldu faoliyatini qachon tugatishini taxmin qildi

Sherzod Nurmatov
9 sen 2021, 21:39
Afsonaviy Olimpiada chempioni Useyn Bolt "Manchester Yunayted"ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu 42 yoshgacha o'ynay olishini aytdi.

"Ronaldu "Manchester Yunayted"ga qaytgani yaxshi bo'ldi. U jamoadoshlaridan ko'p narsani talab qiladi, biroq ular shu tufayli kuchliroq bo'lishadi. O'ylaymanki, Krishtianu 42 yoshgacha o'ynaydi. U yaxshi formada va ko'p yosh futbolchilarga qaraganda yuqori darajada bo'lib turibdi", – dedi Bolt BBC'ga.

Eslatib o'tamiz, 36 yoshli Ronaldu "Yuventus"dan MYUga o'tdi. Futbolchi 2023 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Qo'shimchasiga tomonlar kelishuvni yana bir yilga uzaytirishlari mumkin. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC