Bolboy “Tottenhem” futbolchilar bilan tushlik qildi

1 dek 2019, 08:13
Bolboy Kallum Xayns Premer-liganing 14-turidan o'rin olgan “Tottenhem – “Bornmut” (3:2) uchrashuvi oldidan londonlik futbolchilar bilan tushlikka taklif etildi.

“Bornmut”ga qarshi uchrashuvdan oldin o'tkazilgan matbuot anjumanida “shpor”lar ustozi Joze Mourinyoning aytishicha, u o'yin vaqtida futbolchilarga to'p olib beruvchi yigitchani jamoa bilan tushlik qilishga taklif qilgan. Xayns darhaqiqat shu kuni futbolchilar bilan birga tushlik qilgan. U yarim himoyachi Jovanni Lo Selso bilan birga o'tirgan, shuningdek, Xarri Keyin va Son Xin Min bilan suhbatlashishgayam ulgurgan.

Eslatib o'tamiz, YCHL 5-turi doirasida “Tottenhem” o'z uyida “Olimpiakos”ni (4:2) qabul qilgan uchrashuvda londonliklarning ikkinchi gol kiritilishidagi hujum aynan ushbu yigitchaning say harakatlari bila boshlangan. U yon chiziqdan maydonni tark etayotgan to'pni tezlik bilan maydonga qaytargan. Shu tariqa mezbonlarning hujumini o'ng qanotdan Lukas Moura rivojlantirgan va to'pni jarima maydonchasiga uzatgan. U yerda esa  Harri Keyin qanotdan uzatilgan to'pni raqib darvozasiga joylab qo'yishga muvaffaq bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com