Mourinyo boshqasi bilan "osh-qatiq" bo'lib yuribdi

Mirjalol Normatov
19 iyul 2020, 16:42
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyo rafiqasini o'zgartirgan ko'rinadi.

"The Sun" xabariga ko'ra, mutaxassis "Arsenal"ga qarshi bahsdan keyin Pryu Karter-Robinsonning uyiga borgan. Mourinyo o'yinda kiygan kiyimi bilan uning uyiga kirib ketganini ko'rishgan.

O'tgan yili Mourinyo va Karter-Robinsonni Qatardagi sohilda birga dam olishayotganini ko'rishgandi.

Portugaliyalik mutaxassis 30 yildan oshiq vaqt davomida Matilda bilan birga yashamoqda. Juftlikning 2 nafar farzandi bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun