Bolalar futboli. “Yoz o'tmoqda soz” musobaqasi endi Qashqadaryoda

Narzulla Saydullayev
9 iyul 2018, 16:35
Bolajonlar yozgi tatilni maroqli va mazmunli o'tkazishlarini taminlash uchun O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan hamkorlikda har bir viloyatda futbol festivallarini tashkil etishga qaror qilgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Ushbu futbol musobaqasining navbatdagisi Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumanidagi “Mirzo Ulug'bek” dam olish oromgohida bo'lib o'tdi. Musobaqada oromgohda dam olayotgan bolalar faol ishtirok etishdi.

Bolajonlar jamoalarga bo'lingan holda yashil maydonda bellashdilar. Musobaqa yakunida g'oliblarga O'FA tomonidan esdalik sovg'alari taqdim qilindi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com