"Yoz o'tmoqda soz” musobaqasi davom etmoqda

Narzulla Saydullayev
9 iyul 2018
Bolajonlar yozgi tatilni maroqli va mazmunli o'tkazishlarini taminlash uchun O'zbekiston futbol Associaciyasi O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan hamkorlikda har bir viloyatda futbol festivallarini tashkil etishga qaror qilgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Buxoro shahridagi "Neftchi" yozgi bolalar dam olish oromgohida mini futbol bo'yicha 10-12 yoshli o'smirlar o'rtasida “Yoz o'tmoqda soz” shiori ostida o'tkazilgan futbol musobaqasi oromgoh dam oluvchilari uchun xaqiqiy bayramga aylanib, o'zgacha shukuh kasb etdi.

Musobaqa yakunida g'oliblarga O'FA tomonidan esdalik sovg'alari taqdim qilindi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com