"Bobur Arena" may oyigacha tayyor bo'lmaydi

Оқил Абдубарноев
23 yanv 2023, 20:50
Andijon shahridagi "Bobur Arena"da maydon chimini yangilash ishlari davom etyapti.

Jarayon noyabrda boshlangan bo'lsa-da, biroq hali yangi chim o'tqazishga ulgurilganicha yo'q va chim yetishtiruvchilarning fikriga ko'ra, katta ehtimol "Bobur Arena" may oyiga qadar katta futbol uchrashuvlarini qabul qila olmasligi mumkin. Shuningdek, stadionga yangi projektor chiroqlari o'rnatish masalasi ham hozircha yakuniga yetmadi. 

Shu kabi omillarni inobatga olib, yangi mavsumdagi uy uchrashuvlarini aynan shu stadionda o'tkazishni rejalashtirgan "Andijon-SGS" klubi Farg'onadagi "Istiqlol" arenasi bilan ijara shartnomasi imzoladi va ilk davra o'yinlarini Farg'onada o'tkazadigan bo'ldi. 

Superligaga qaytgan, viloyatning bosh jamoasi "Andijon" klubi esa mavsum boshidagi uchrashuvlarini qayerda o'tkazish masalasini yaqin kunlarda hal etadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Андижон" ФК матбуот хизмати